KOLLEJ HAQIDA

Tarix o’ylantiradi, o’tmish bilan bugunning o’rtasidagi oltin ko’prik vazifasini o’taydi va kechmishdan saboq beradi, kelajakni belgilashning ishonchli yo’llarini ko’rsatadi.
To’g’ri, 40 yil-tarix uchun juda qisqa, biroq Yangier qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji o’tgan shu davrda o’zining saboqli tarixi, ibratli an’analari, namunali ish tajribasiga ega bo’ldi va ularni eslab, istiqbolni ko’zlab ish ko’rish xayrlidir. Dargoh tarixi Mirzacho’lni o’zlashtirish tarixi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Eslang, 1965 yil 12 aprel! Ayni shu kuni «Glavsredazirosovxozstroy» boshqarmasi, hozirgi zamon tilida aytganda, O’rta Osiyo sug’orish va davlat xo’jaliklari qurilishi Bosh boshqarmasining buyrug’iga binoan Mirzacho’l kommunap—xo’jalik texnikumi o’z faoliyatini boshlagan. O’zbekiston qo’rig’ining qaldirg’och o’quv yurti zimmasiga g’oyatda mas’uliyatli, lekin juda sharafli vazifa yuklandi: Mirzacho’lni o’zlashtirish malakali mutaxasisslarsiz amalga oshmasdi. Texnikum tarixiy bu vazifani a’lo darajada bajarishga kirishdi va uni sharaf bilan uddalab kelayapdi. Texnikum dastlab Xovos tumani markazi bo’lgan Farhod-3 aholi qo’rg’onidagi o’rta maktab binosida ish boshladi.

1971 yilda esa, Yangier shahridagi hozirgi Guliston Davlat universitetiga qarapshi Akademik litsey joylashgan binoga ko’chib o’tdi. 1977 yil bu erda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali tashkil kilindi. Texnikum esa Sohil bo’yi ko’chasidagi boshqa binoda qo’nim topdi. E’tiborli tomoni shundaki, texnikum rahbariyati bunday ko’chishlar vaqtida ta’lim- tarbiya ishlarini tashkil qilish, o’quv yurtining moddiy-texnika salohiyatini mustahkamlash, pedagogik jamoa esa ta’lim-tarbiya ishlari saviyasini oshirish kabi asosiy masalalarni diqqat markazidan chiqarmadi. Ahil jamoa qaerda faoliyat ko’rsatmasin, hamma joyda o’z atrofini obod ham kildi. Texnikumning o’quv xonalarini zamonaviy ruhda va davr talablari darajasida jihozlashda, labaratoriyalarni tashkil qilishda tinib-tinchimadi, barcha jon kuydirib ishladi.

Texnikum zimmasida nafaqat kadrlar tayyorlash, balki Mirzacho’lda tashkil qilingan dastlabki o’quv dargohi degan ikkinchi mas’uliyat ham yo’q emasdi. Buni o’z vaqtida anglagan o’qituvchilar va talabalar ishtirokida 800 o’rinli yotoqxona, oshxona, choyxona va nonvoyxonalar qad ko’tardi. Texnikumga qarashli binolar atrofi obod qilindi, ko’pchilik havas qiladi-gan ko’kalamzor bir go’shaga aylandi, hududi chiroyli qilib o’raldi. Chunki bu dargoh boshqalar uchun namuna bo’lishi ham lozim edi. Tabiiyki, hayot beomon o’zgarib turadi.O’quv yurti rahbariyati zamon talablaridan ortda qolmaslik yo’llarini tinmay izladi. Nihoyat, 1986 yil oliy o’quv yurtiga mo’ljallab Tinchlik ko’chasi bo’yidaqurilayotgan, biroqmablag’tanqisligisababli 13yildanbuyon qurilishi maromiga etkazilmay, egasiz qolgan bino tanlandi. Texnikum boshqoni, qishlok xo’jaligi fanlari nomzodi Rasul Hojiev o’sha davrni shunday eslaydi:

-1988 yili shu binoni olishga erishdik. Bino qurilishi-ni o’quv yurtimiz jamoasining sa’y—harakati bilan nihoyasiga etkazdik. Natijada oktyabr oyidan e’tiboran o’quv mashg’ulotlarini yangi binoda muvaffaqiyat bilan davom ettirdik. Darhaqiqat, bu imorat hozirgi Yangier shahrining eng go’zal va ko’rkam binolaridan biriga aylandi. Bunday binoni, ochiq aytish lozimki, mustaqil Uzbekiston mamlakatimizning boshqa niloyatlarida ham topish amri mahol.

Print Friendly, PDF & Email