Kuhna ta`limning yangi talabi

 Milliy istiqlol tufayli mutaxassislar tayyorlash masalasi o’zgacha ahamiyat kasb etdi. Zamon o’zgardi, har bir davrning esa o’zini isloh qilish talablari bo’ladi. Buni unutsak, orqada qolib ketamiz. Mustaqil yurtimizga o’qish va o’qitishning yangicha shakl-shamoillari kirib kela boshladi. Texnikum jamoasi yana izlan-di va zamon bilan hamnafas qadam tashladi. 1992 yilda Mirzacho’l kommunal—qurilish texnikumi Yangier qurilish—iqtisod kollejiga aylandi.Bu esa tengsiz in’om edi. Chunki avval iqtisod, keyin siyosat, deydilar. O’qitishning shakllari va usullari ham o’zgardi. Zero, bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga xos yangicha kasblar—marketolog, moliyachi, iqtisodchi kabi yangi talablar texnikum eshigini qoqayotgan edi. Ochig’ini aytganda, o’ta muhim bu talablarga javob berish oson kechmadi.

Yangier qurilish-iqtisod kolleji rahbariyati pedagogik jamoa bilan bamaslahat izlandi va yangi davr ko’ndalang qilib quygan muammolar echimini topdi. Samarqand Davlat me’morchilik-qurilish instituti, Toshkent Davlat me’morchilik-qurilish instituti me’morlari va Samarqand kooperativ instituti olimlari bilan o’zaro hamkorlik va tajriba almashish shartnomalari imzolandi. O’z vaqtida qilingan ish hech qachon keltirmas tashvish. Mazkur shartnomalar o’z mevasini berdi.Hamkorlik mobaynida kollsj jamoasi tajriba o’rgandi.Natijada kichik muhandislar, hisobchilar-buxgalterlar, moliyachilar tayyorlash dasturlari ishlanli va hozirgi paytda muvaffaqiyatli amal qilayapti. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidpi qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kollej hayotini, ta’lim tarbiya faoliyatini yangicha mazmun bilan boyitdi. Bu esa avvalo o’qui yurtining moddiy-texnika o’zagini takomilga etkazishni taqozo etdi.

Samara shu bo’ldiki, 2000 yilda kollejning o’quv binosi, yotoqxona, oshxona, qozonxonasi to’liq qaytadan ta’mirlandi va sozlandi.Talabalar uchun sport majmuasi qurilishi tugallandi va Yangier qurilish-iqtisod kolleji Yangier qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji maqomiga ega bo’ldi. Labaratoriyalar zamon talablari darajasida jihozlandi, o’quv xonalari kompyuter texnika vositalari va lingafonlar bilan ta’minlandi. Kollej kutubxonasi esa yangi adabiyotlar hisobiga yanada boyidi. Hozirgi paytda mutaxassislar tayyorlash jarayoni 10 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshirilayotir. Bugungi kunda kollej jamoasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi vazifalarini bajarish yo’lida samarali mehnat qilayapti.

Mirzacho’l o’zlashtirilgan davrda qadimiy bu zamin mehnat-kashlari davlatga jami 15 million tonna paxta etkazib berishdi. Qimmatbaho cho’l javohirini etishtirish engil bo’lmadi. Jahonshumul bu muvaffaqiyatda Yangier qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kollejini bitirib chiqqan 15 ming barkamol mutaxassislar ulushi ham beqiyosdir. Ular quruvchilar, santexniklar, buxgalterlar, iqtisodchilar, moliyachilar, marketologlar, huquqshunoslar, gaz ta’minoti tizimi, qurilish mashinalari, avtotransport vositalaridan foydalanish va ularni ta’mirash ustalari shart-sharoitlar yaratishda cho’lquvarlarga ishonchli ko’makdosh bo’ldilar.

Agarda Yangier qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji bitiruvchilari xizmatini faqat Mirzacho’l—Sirdaryo vohasi bilan chegaralab qo’ysak, adolatdan bo’lmaydi. Chunki ular nafaqat viloyatda, balki O’zbekistonda, hattoki yaqin va yiroq xorijiy mamlakatlarda ham xalq xo’jaligi ravnaqiga o’z hissasini qo’shib kelmoqdalar. Bitiruvchilar orasidan jamoat arboblari, korxonalar rahbarlari, taniqli tadbirkorlar, etakchi mutaxassislar va muhandislar ham etishib chiqqani qalblarimizga quvonch bag’ishlaydi. Yanada quvonchli bir hol shuki, bugungi Yangier qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kollejida atoqli sobiq bitiruvchilar avlodi ta’lim-tarbiya olayapti.Ularning umumiy soni salkam 1500 nafarni tashkil etadi.Qiyoslash uchun aytish mumkinki, 1978-1979 o’quv yilida mazkur o’quv yurtida o’quvchilar soni 400 nafar edi, xolos.

Imonimiz komilki, bugungi o’quvchi yoshlar o’z ota—bobolari tanlagan ulug’ ishlarni munosib davom ettiradilar va mustaqil O’zbekiston manfaatlariga xizmat qiladilar.

Print Friendly, PDF & Email