Ta`lim to`g`risida

— Ta’lim muassasamizning amal qiladigan huquqiy me’yoriy xujjatlariga: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim Markazi, Navoiy viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmasi, viloyat va tuman hokimligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, Farmoyishlar, buyruq va Nizomlarga amal qiladi.
TA’LIM TO’G’RISIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu qonunning maqsadi
Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda, har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun xujjatlari.
Ta’lim to’grisidagi qonun xujjatlari ushbu qonundan hamda boshqa qonun xujjatlaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun xujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to’g’risidagi qonun xujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsplari
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e’lon qilinadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsplari qo’yidagilardan iborat: Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, dimokratik xarakterda ekanligi; Ta’limning uzluksizligi va izchilligi; Umumiy O’rta, shuningdek o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; O’rta mahsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik liseylar yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; Ta’lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi; Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hxamma uchun ochiqligi; Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo’lishni va iste’dodini rag’batlantirish; Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.
4-modda. Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish; Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi; Oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan ketgan talim muassasalarida yeksternat tartibida attesttasiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqorolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi.
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o’quv yurtlariga ishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmaydi.
6-modda. Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo’lib, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda davlat akkreditasiyasidan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’ladi. Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqarilgan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’lim mussasasi attestasiya natijalariga binoan davlat va akkreditasiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari Nizom da belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugullanishiga haqli.
7-modda. Davlat ta’lim standartlari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta mahsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
8-modda. Ta’lim berish tili
Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi «Davlat tili haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
II . TA’LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta’lim tizimi
O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda. Ta’lim turlari
O’zbekiston Respublikasida ta’lim qo’yidagi turlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta’lim; Umumiy o’rta ta’lim; O’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi; Oliy ta’lim; Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta’lim.
11-modda. Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
12-modda. Umumiy O’rta ta’lim
Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari qo’yidagicha: Boshlangich ta’lim ( I — IV sinflar); Umumiy o’rta ta’lim ( I — IX sinflar). Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi.

Print Friendly, PDF & Email