Bugungi kun

Kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 20 iyundagi “2018/2019 o’quv yili uchun umumiy o’rta ma’lumot (11-sinf) va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslarni to’lov-shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi ta’lim olishlarini amalga oshirish to’g’risida”gi MX-01-01/55-sonli topshirig’ini bajarish ishlari yo’lga qo’yildi. Kollejning “Konsul`tativ Markazi” tashkil etildi, mas’ul kotib etib bo’lim boshlig’i A.Shermatov tayinlandi va u keng qamrovli targ’ibot ishlarini olib bormoqda.
Kollejda 2018/2019 o’quv yili uchun umumiy o’rta ma’lumot (11 sinf) va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslarning to’lov-shartnomasi asosida ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish bo’yicha mavjud talab extiyojlarni o’rganib quyidagi kasblar “Suv, gaz ta’minoti va kanalizattsiya tizimlarini o’rnatish, ta’mirlash https://findbridecomments.org/ va ishlatish ustasi” yo’nalishida (20 nafar), “Buxgalteriya” (6 nafar)va “Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobil transporti) texnigi” (10 nafar), “Turarjoy va jamoat binolaridan foydalanish va ko’chmas mulkni ro’yxatga oluvchi” (22 nafar),   yo’nalishlari bo’yicha o’qishga qabul rejalashtirildi. Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejining malakali, saloxiyatli, yangicha fikrlaydigan maxsus fan o’qituvchilari va ishlab-chiqarish ta’limi ustalarining o’z ustida ishlashlari uchun sharoitlar yaratilib ular qat’iy nazoratga olingan.
Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kolleji pedagoglarining lavozim vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilmaslik, o’quvchilarni majburiy mehnat va qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilmaslik to’risida tushuntirish ishlari kollej direktori O.Xodjiev tomonidan olib borildi.
Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejida 2018/2019 o’quv yili kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida kollejning buyrug’i asosida Shtab tashkil etildi va chora-tadbirlar Dasturi belgilab olindi. Dastur asosida kollejning o’quv amaliyoti ustaxonasida mavjud issiqlik tizimi qayta rekansturktsiya qilinib, sinovdan o’tkazilmoqda.
O’quv amaliyoti ustaxonasi to’liq joriy ta’mirlanmoqda. Sport maydonlari yangi o’quv yiliga tayyorlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qaror ijrosi yuzasidan kollejda Yo’l harakati qoidalari, yo’l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha o’quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo’yiladigan davlat talablarida belgilangan tartib asosida  jihozlash bo’yicha ishlar olib borildi. Jumladan, xona ta’mirlangan va videokuzatuv kamerasi o’rnatilgan.
2018 yil 27 iyun` kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasiga bag’ishlab o’tkazilgan vidioselekor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ishrosini ta’minlash maqsadida “Jinoyat haqiqati va adolat” tizimi asosida ishlarni samarali tashkil etish, o’quvchilarning https://paperwriters.org yozgi ta’tilda bo’lishlariga qaramasdan o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan doimiy aloqada bo’lish uchun barcha guruh rahbarlari, Yoshlar yetakchisi va kollej psixologining o’z ishlariga to’g’ri yondashishlarini ta’minlash ishlari amalga oshirildi.
Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejida internet tizimi doimiy ravishda ishlaydi. Kollejda “WI-FI” tizimini ishga tushirilgan. Pedagog jamoaning komp`yuter savodxonligini yaxshilash maqsadida ularga sharoitlar yaratilgan. Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejining 2017/2018 o’quv yili bitiruvchilari umumiy 416 nafarni tashkil etib, ulardan shu kungacha 45 nafarining (11 foiz) bandligi ta’minlandi. Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejida yangi o’quv yili va mamlakatimizning 27 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida kollej hududi obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Yangier qurilish va kommunal xo’jali kasb-hunar kollejida ijro intizomi va fuqarolarning murojatlarini ko’rib chiqish ishlari tizimli yo’lga qo’yilgan. Yuqori tashkilotlardan yuborilgan xat va hujjatlari o’z vaqtida bajarilib borilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email