Tashkiliy ishlar

term paper

O’quv tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish.
• Kollejda o’qitish qo’yidagi tamoyillarga asoslanadi:
• Ta’limning demokratlashuvi davlat ta’limi dasturlari doirasida ta’lim va tarbiya uslublarini tanlash o’quv yurtlari mustaqilligi;
• Ta’limni insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
• Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
• Ta’limning milliy yo’naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlari madaniyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta’limning milliy taraqqiyotining o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini xurmatlash;
• Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonni har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;
• Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
• Umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikning izchilligi va bog’liqligi;
• Yoshlarni mehnat faoliyatiga faol kirishishlarini ta’minlovchi yuqori darajadagi ta’limiy-kasbiy bilimlarni egallash.
• Kollejda me’yoriy xujjatlarning yuritilishi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug’i asosida tashkillashtiriladi.
• O’quv yili boshlangunga qadar, ya’ni 30 avgustgacha kollejning barcha tuzilmalarini yillik ish rejalari tuzilib, muhokama qilingan va direktor tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Jumladan:
• Kollejning yillik ish rejasi;
• Ilmiy pedagogik kengashning yillik ish rejasi;
• Ichki nazorat rejasi;
• O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining yillik ish rejasi;
• Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining yillik ish rejasi;
• Kasbiy tayyorgarlik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining yillik ish rejasi;
• Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining yillik ish rejasi;
• Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash rahbarining yillik ish rejasi;
• O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi bo’yicha yillik ish rejasi;
• Kutubxonaning yillik ish rejasi;
• Darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar yillik ish rejasi;
• Guruh rahbarlari kengashining yillik ish rejasi;
• Guruh rahbarlarining yillik ish rejasi;
• To’garaklar yillik ish rejasi;
• Fanlardan taqvim mavzu yillik ish rejasi;
• Dars jadvali;
• Ochiq darslar jadvali;
• To’garaklar jadvali;
• O’zaro darslarni tahlil qilish jadvali;
• O’quvchi bileti;
• O’quvchining reyting daftari;
• Kollej Nizomi;
• Direktiv xujjatlar;
• O’quv rejalari;
• O’quv dasturlari.
• Kollejda o’quv jarayonini tashkil etish uchun umumta’lim va maxsus fan o’qituvchilariga ochiq darslar muntazam ravishda
• Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid qismining bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar kollejning rahbar xodimlarining pedagogik faoliyat darajasini baholash
maqsadida harakatdagi shahodat ko’rigi haqidagi Nizomga asosan davriy shahodat ko’rigi o’tkazib boriladi.
• Yaratish maqsadida har qaysi soha fanlari bo’yicha kafedralar tashkil qilinadi.
• Kollej o’quvchilarining nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish amaliyoti sifatli va samarali o’tkazilishi uchun har qaysi soha mutaxassisligiga qarab fermer xujaliklari va qo’shma korxonalar bilan shartnomalar tuzilib, shu joylarda o’quv amaliyotlari o’utilishi ta’minlanadi.
• Ta’limning mazmuni Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o’quv reja va dasturlar asosida belgilanadi.
Har qanday mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarni tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartlariga mos bo’lgan kasbiy tavsifnomalarda belgilanadi.
• Guruxlarda o’quvchilar soni 25 qishini, murakkab kasblar ro’yxatiga kiritilgan ayrim mutaxassisliklar bo’yicha ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti mashg’ulotlarida guruhlar 12-15 kishidan iborat guruhlarga bo’linadi. Laboratoriya ishlarida, seminar va amaliy mashg’ulotlarda, kurs ishlarini loyihalashda, o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan darslarni va o’quv rejasida ko’rsatilgan ayrim fanlarni o’qitishda guruhlar 7-8 kishidan kam bo’lmagan kichik guruhlarga bo’linadi.
• O’quv jarayoni ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalar bo’yicha ilmiy izlanishlar natijalari asosida ko’riladi.
• O’quv jarayoniga yo’nalishlar bo’yicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi.
• Kollejning o’quvchilari ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tkazish uchun ish joylari bilan ta’minlanadi.
• O’quvchilarning amaliyoti shartnomalar asosida korxona, muassasa va tashkilotlarda hamda kollejning ishlab chiqarish bo’limlarida amalga oshiriladi.
Korxona, muassasa, tashkilotlar kollejga ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini o’tkazish uchun shart-sharoitlar yaratib beradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida o’quvchilar bajargan ishlarga korxonalar tomonidan o’rnatilgan ustama xaqlar va qo’shimchalarni hisobga olgan holda maosh miqdori amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida to’lanadi.
O’quvchilarni ishlab chiqarish amaliyoti davrida bajarilgan ishlar uchun moddiy rag’batlantirishga ishlab topilgan mablag’ning 50% dan kam bo’lmagan qismi ajratiladi, qolgan mablag’ kollej ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
• Ta’lim muassasalarida uskunalar, xom ashyo va materiallarni bepul o’tkazgan korxona, tashkilot, muassasalar soliq to’lash bo’yicha belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
• Mutaxassislarni tayyorlash darajasini nazorat qilish ta’lim organlari, shuningdek tegishli idora, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
• Kollej kafedralari kafedralar to’g’risidagi Nizom, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug’i asosida tashkillashtiriladi.
• Kafedra zimmasiga qo’yidagilar yuklatiladi:
• Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid qismining amalda bajarilishi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;
• O’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi bo’yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarida berilgan nazariya, laboratoriya, amaliy seminar, ishlab chiqarish va boshqa turdagi mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish;
• O’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash;
• O’quvchilarning bilim saviyasini, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish;
• O’quvchilarni darsdan tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
• O’quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, imtixon,sessiyalari va ta’tillarning muddati, doimiyligi, shuningdek o’quv jarayoni yakunlanish shakllari va kasbiy amaliyot turlari tasarrufidagi tashkilotlar bilan kelishgan holda Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejalari asosida belgilanadi.
• O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini baholashda pedagogik jamoaning tanlovi bo’yicha reyting baholash tizimi qo’llaniladi.
Ta’lim standartlariga ta’lim natijalarining mosligini ta’minlash uchun qo’yidagi nazorat tadbirlari qo’llaniladi.
Joriy nazorat — so’rovlar, seminarlar, kontrol ishlar va testlar tarzida bilimlar, malaka va ko’nikmalar tekshiriladi.
Oraliq nazorat — semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan so’ng amalga oshiriladi. Uning asosida o’quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko’nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat, imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat — o’qishning yakunida Davlat attestasiyasi; imtixonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
• Har bir kursda o’qish tugagandan keyin reyting nazorati va attestasiya natijalariga ko’ra o’quvchilarni keyingi kursga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi. O’quvchilarni kursdan kursga o’tkazish kollej direktorining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Shartli ravishda o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
• O’quv reja dasturlarining barcha talablarini bajargan o’quvchi Davlat imtixonlariga qo’yiladi. Davlat malaka komissiyasi qarori bilan tegishli yo’nalish bo’yicha malaka beradi, kasb-hunar ta’limi haqidagi diplom bilan barcha o’quv fanlar ro’yxati va bilim sifatiga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa beriladi.
• O’tilgan fanlarning 3/4 qismidan va davlat attestasiyasi bo’yicha 85% dan yuqori hamda xech bir fandan 71 ball dan kam ko’rsatkichga ega bo’lmagan kasb-hunar kolleji o’quvchilariga imtiyozli diplom berildi.
• Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy an’analarga asoslanadi. Kollejda O’zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hxissa qo’shishga qodir shaxsni tarbiyalash o’quv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, mahalla qo’mitasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, jamoat tashkilotlari, shaxsning ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarning faol ishtirokida amalga oshiriladi.
• Ta’lim muassasalarida yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qo’llaniladi.
• Kollejda darslar yagona rejim asosida olib boriladi, Dasturda belgilangan mavzular chuqurroq o’rganilishi uchun dars soatlari juftlik asosida o’tiladi. Har bir juftlik 80 minutni tashkil qiladi.
• Darsdan tashqari tadbirlar 2-dars jadvali asosida olib boriladi.
• Kollejning dars jadvallari kollej direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Print Friendly, PDF & Email